YBMYoshlar Biznes
Maktabi
70% grantYosh tadbirkorlar uchun amaliy biznes ta’lim dasturi

Yoshlar Biznes
Maktabi

Yoshlar Biznes Maktabi — Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda FAZZA Management School hamkorligida tashkil etilgan, yosh tadbirkorlarning biznesni professional boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi brendlarning yetishib chiqishiga ko‘maklashishga qaratilgan biznes ta’lim dasturi.

0
kun (2 oy)
0%
amaliyot
0
ishtirokchi
0
ta grant

Hamkorlikda tashkil etilgan

Yoshlar ishlari agentligiYoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasiFAZZA Management School
Bu dastur kim uchun

Sizda quyidagi muammolar bo‘lsa, bu dastur aynan Siz uchun

Tizim yo‘q, hammasini o‘zim qilaman

Sotuv past, mijoz oqimi barqaror emas

Lid qimmat, reklama ishlamaydi

Kassa uzilishlar, nasiya, qarzdorlik, “raqamlar aniq emas”

“Qanday kengayishni bilmayman”

Yangi bilim va ustoz yetishmasligi

O‘sish to‘xtab qolgan, keyingi bosqichga chiqa olmayapsiz

Shulardan qaysi biri sizga tanish?

StrategiyaMarketingBrendSotuvMoliyaSoliq va eksportMentorlikAmaliy keyslarStrategiyaMarketingBrendSotuvMoliyaSoliq va eksportMentorlikAmaliy keyslar
Dastur haqida

Kimlar uchun, qanday formatda va nimasi bilan unikal

Kimlar uchun?

  • 18–30 yoshdagi tadbirkorlar
  • Kamida 6 oy faol biznesi mavjud tadbirkorlar
  • Kuchli g‘oya va Visionga ega yosh tadbirkorlar
  • Biznesni o‘stirish va professional boshqarishga o‘tish istagidagilar
  • Mahalliy va xalqaro bozorda yetakchi brend bo‘lishni maqsad qilganlar

Dastur formati

Format
Oflayn
Davomiylik
12 kun (2 oy)
Ishtirokchilar
70 nafar
Nazariya vs amaliyot
30–70%
Nazariya 30%Amaliyot 70%

Mentorlar va kuratorlar bilan ishlash

Unikal jihatlari

  • 70% amaliyot

    Mashg‘ulotlar amaliy mashg‘ulot va keyslar asosida o‘tadi

  • Praktik ekspertlar

    Har bir yo‘nalishda o‘z sohasining tajribali praktik ekspertlari dars beradi

  • 70% grant

    Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 70% grant

  • Imtiyozli moliyalashtirish

    Dasturdan keyin imtiyozli moliyalashtirish va amaliy qo‘llab-quvvatlov

  • Mentorlar va kuratorlar

    Butun dastur davomida mentorlar va kuratorlar bilan ishlash

Joy va sanalar

Dastur 3 ta shaharda boshlanadi

O‘zingizga qulay shaharni tanlang — o‘rinlar soni har bir oqimda cheklangan.

Eng yaqin oqim

Andijon

Boshlanish: 07.11.2026

--
kun
--
soat
--
daqiqa
--
soniya

Samarqand

Boshlanish: 16.11.2026

--
kun
--
soat
--
daqiqa
--
soniya

Nukus

Boshlanish: 21.11.2026

--
kun
--
soat
--
daqiqa
--
soniya
O‘quv dasturi

6 ta modul · 12 kunlik amaliy dastur

Strategiyadan moliyagacha — biznesni tizimli boshqarish uchun kerakli barcha yo‘nalishlar.

1-modul2 kun

Biznesning o‘zgarishlarni boshqarish va strategik boshqaruv

Ishtirokchi o‘rganadi:

  • Biznesni keyingi bosqichga olib chiqish bo‘yicha transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish
  • Adizes PAEI modeli asosida samarali jamoa shakllantirish va transformatsion liderga aylanish
  • Kompaniyaning missiyasi, vizioni va asosiy qadriyatlarini shakllantirish
  • Biznesning joriy holatini tahlil qilish va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash
  • SWOT, PESTEL kabi tahlil instrumentlari orqali biznesni har tomonlama baholash
  • Strategik maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash
  • Kompaniyaning o‘sish strategiyasini ishlab chiqish
  • Strategik tashabbuslar uchun KPI ko‘rsatkichlarini belgilash
Dastur mentorlari

O‘z sohasining praktik ekspertlaridan o‘rganing

Yirik kompaniyalarda TOP lavozimlarda ishlagan, o‘nlab biznesga strategiya tuzgan mutaxassislar.

Jamoliddin Shodiev
16 yil boshqaruv tajribasi

Jamoliddin Shodiev

MBA · FAZZA Management School asoschisi

Biznesning strategik va moliyaviy boshqaruvi bo‘yicha ekspert, Koreyaning Sejong universiteti MBA darajasiga ega, FAZZA Management School asoschisi, O‘zbekistonda o‘zbek tilida tadbirkorlar uchun birinchi FAZZA TOP CEO amaliy MBA dasturi asoschisi. Boshqaruv sohasida 16 yillik amaliy tajribaga ega. Moliya vazirligi tizimida, xalqaro va mahalliy kompaniyalarda, jumladan EVO, EMU, SOF GROUP kompaniyalarida TOP lavozimlarida faoliyat olib borgan. Bulut, Cambridge LC, Najot ta’lim, Mars IT kompaniyalarida uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha strategik sessiyalarni tashkil qilgan.

Otabek Umarov
28 yil tajriba

Otabek Umarov

Head of Business Transformation, Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent kompaniyasida “Head of Business Transformation” lavozimida faoliyat yuritadi. Strategik boshqaruv va moliyaviy boshqaruv sohasida 28 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida O‘zbekistonda UZBAT, UzCaseMash, IFODA, Rozmetov va Rossiyada Skolkovo Biznes Maktabi, SIBUR kompaniyalar guruhi, ACNielsen Cyprus, “Bazoviy element” kompaniyalar guruhida TOP lavozimlarda ishlagan. Strategik va operatsion boshqaruv, moliya, biznesni tizimlashtirish, investitsiyalarni baholash, qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, risklarni boshqarish bo‘yicha professional mutaxassis.

Habibullo Sadulloev
10+ yil marketing

Habibullo Sadulloev

Marketing strategi, Proactive marketing agentligi

10 yildan buyon yirik korxonalarning marketing va boshqaruv yo‘nalishida, xususan Chortoq mineral water, Samsung Electronics Uzbekistan kabi korxonalarda faoliyat yuritgan. Ahmad Tea Uzbekistan, Impuls tibbiyot instituti, Zahratun supermarketlar tarmog‘i, Najot Nur, Gekto, Tashkent Metal, Mfaktor kabi loyihalarda marketing strategiyalarini tuzgan. Cubic — top menejerlar va biznes egalari hamjamiyati hammuassisi. “Marketing maximum” o‘quv kursi muallifi va mentori. Ayni damda Proactive marketing agentligida kichik va o‘rta bizneslar uchun marketing strategiyalari bilan shug‘ullanadi.

Nodirbek Kuzdekov
20+ yil tajriba

Nodirbek Kuzdekov

Biznes-trener, konsultant va mentor

Ta’lim, savdo, marketing va tizimli boshqaruv sohalarida 20 yildan ortiq tajribaga ega biznes-trener, konsultant va mentor. 6 yildan ortiq Toshkentdagi UNESCO vakolatxonasi ta’lim dasturlarida, 11 yildan ortiq COSCOM (TM “Ucell”) kompaniyasida treyd marketing, korporativ sotuvlar, B2B marketing, xalqaro aloqa va rouming yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 4 yildan ortiq savdo va ishlab chiqarish korxonalari guruhida Tijorat direktori va Ijrochi direktor bo‘lgan. British Embassy, Nestlé, Cisco, Dell, UzAuto, NBU, Hamkorbank, AKFA, Safia, Beeline, Click, Payme, Texnomart va boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan.

Yoshlar Biznes Maktabini quyidagi brendlar asoschilari bitirgan

  • PIPLS
  • YESS!
  • q.watt
  • SAN SEB
  • DATA ta’lim stansiyasi
Dastur natijalari

Dastur yakunida sizda bo‘ladi

Keyingi bosqichga chiqish va o‘sish strategiyasi

Aniq mijoz + ishlaydigan marketing

Unikal brend platformasi va pozitsiyasi

Barqaror va prognozli sotuv

Biznesda aniqlik va pul nazorati

Soliq optimallashtirish, yuridik risklar kamayishi, eksportga chiqish

O‘rtacha kutilayotgan o‘sish

Dasturda o‘rganilgan tizimlarni biznesga joriy qilish natijasida

+0%
Keyingi bosqich

Eng faol bitiruvchilar uchun

  • Individual Brand akseleratsiya dasturi (1–6 oy)

  • Invest arena loyihasida qatnashib, investitsiya va imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari

  • Yangi avlod tadbirkorlari loyihasi doirasida Yale, Harvard, London School of Economics kabi top universitetlar dasturida qatnashish imkoniyati

  • Yangi avlod tadbirkorlari hamjamiyatiga qo‘shilish, o‘sish ekotizimiga kirish

Dastur narxi

Grant bilan — 70% arzon

Saralashdan o‘tgan 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlarga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 70% grant beriladi.

Dastur narxi

16 000 000

so‘m

70%

Saralashdan o‘tgan 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlarga 70% grant

Grant olgan tadbirkorlar uchun

−70%

0so‘m

Grantlar soni cheklangan: 100 ta

  • 12 kun oflayn mashg‘ulot
  • 6 ta modul
  • Mentorlar va kuratorlar
  • Amaliy keyslar va mashg‘ulotlar

Yoshlar Biznes Maktabi — bu shunchaki o‘qish emas. Bu biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati.

Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topa olmadingizmi? Ariza qoldiring — mutaxassisimiz barcha savollaringizga javob beradi.

18–30 yoshdagi, kamida 6 oy faol biznesi mavjud, biznesini o‘stirish va professional boshqarishga o‘tishni istagan tadbirkorlar.

Grantlar soni cheklangan: 100 ta

Biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz?

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz bog‘lanib, saralash va 70% grant shartlarini tushuntiradi. Grant bilan narx: 4 800 000 so‘m.

  • Andijon

    07.11.2026

  • Samarqand

    16.11.2026

  • Nukus

    21.11.2026

Ariza qoldirish

1 daqiqadan kam vaqt oladi

Ma’lumotlaringiz shifrlangan holda saqlanadi